X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida Matbuot anjumani bo’lib o’tdi anjuman doirasida quyidagi ma’ruzalar tinglandi:
➡️Adliya vaziri o‘rinbosari Rabiyev Sherzod Mirjalilovich –
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–270-sonli qarorida belgilangan asosiy yangiliklar va ularning ahamiyati” mavzusida chiqish qildi.
➡️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori Xalilov Akram Utamurodovich –
“Qaror bilan markaz faoliyatiga oid belgilangan vazifalar va ularning istiqboldagi ahamiyati” haqida so‘z yuritdi.
•➡️Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Roziyev Sherzod Ibadullayevich –
“Qaror doirasida sud-tibbiy ekspertiza markazi oldida turgan vazifalar va ularning kelgusidagi istiqbollari”yuzasidan ma’lumot berdi.
➡️Ichki ishlar vazirligining Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘i Nuriddinov Saidolim Saidkamol o‘g‘li –
“Ekspert-kriminalistika faoliyatiga doir belgilangan vazifalar va ularning dolzarbligi” mavzusida fikr bildirdi.
➡️ «PROEX» MChJ rahbari Samatov To‘lqin Azizovich –
Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sifatida «PROEX» MChJning tashkil etilganligiga 5 yil to‘lishi munosabati bilan “Adolat yo‘lida 5 yil” nomli hujjatli film namoyish etildi hamda qisqacha ma’ruza taqdim qilindi.
➡️Tadbir yakunida:
• Mavzu bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi;
• Press-tur tashkil etilib, sud-ekspertlik faoliyatining amaldagi imkoniyatlari jurnalistlarga namoyish qilindi.
