Yaponiya delegatsiyasi RSTEIAMga tashrif buyurdi

➡️Birlashgan Millatlar Tashkiloti Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasining (UNODC) O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida Markaz sud-kimyo bo‘limiga biologi ob’ektlarda giyohvand, psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni aniqlashga mo‘ljallangan, mass-selektiv detektorli gaz xromatografi yetkazib berilishi bo’yicha kelishuvga erishildi.
⏺Mazkur uskuna laboratoriya faoliyatining ilmiy-texnik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan, 2025-yil 16-sentabr kuni Respublika sud-tibbiyot ekspertizasi ilmiy-amaliy markaziga (RSTEIAM) Yaponiyaning «Shimadzu» kompaniyasi menejeri Naoya Kurokava tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tomonlar laboratoriyalarni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, ularning samaradorligini yanada oshirish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish masalalarini muhokama qildilar.
⏺Uchrashuv yakunida Naoya Kurokava Markaz rahbariyati va mutaxassislarini 2025-yil oktyabr oyida Yaponiyaga, «Shimadzu» kompaniyasining faoliyati va yangi texnologiyalari bilan bevosita tanishish maqsadida tashrif buyurishga taklif etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan