Sud-tibbiy biologiya bo‘limlari laborantlari uchun malaka oshirish kurslari o‘tkazildi
⏺2025-yil 13–17-oktabr kunlari Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida hududiy filiallarning sud-tibbiy biologiya bo‘limlari laborantlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Mazkur kurslarda sud-tibbiyotida qo‘llaniladigan zamonaviy laboratoriya usullari, DNK tekshiruvi va diagnostika jarayonida qo‘llaniladigan ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⏺Tinglovchilar nazariy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda, amaliy darslarda ham faol ishtirok etishdi. Kurs yakunida barcha ishtirokchilarga belgilangan tartibda malaka oshirganlik to‘g‘risida ma’lumotnomalar topshirildi.
⏺Malaka oshirish kurslari sud-tibbiy ekspertiza tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, amaliy faoliyatda yuqori samaradorlikka erishish va zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish maqsadida tashkil etildi.
