Joriy yilning 26 dekabr kuni RSTEIAM sud-kimyo bo‘limiga BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi (UNODC) ko‘magida
“O‘zbekiston Respublikasi sud-ekspertlik muassasalarining imkoniyatlarini mustaxkamlash – III faza” dasturi doirasida “Shimadzu Corporation” kompaniyasida ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 120 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan yangi avlod xromatomas apparati keltirildi.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro‘ziyev boshchiligidagi ishchi guruh joriy yilning 18–26 oktabr kunlari UNODC dasturi doirasida Fortek firmasi hamkorligida Yaponiyaning Kioto shaharida joylashgan “Shimadzu” korporatsiyasida xizmat safari doirasida nanotexnologiyalarni sud-tibbiy ekspertiza jarayonlariga joriy etish imkoniyatlari o‘rganildi, ushbu yo‘nalishda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy jihozlarning ishlash prinsiplari bilan tanishildi, shuningdek malaka oshirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama etilgan edi.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi hamda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi (UNODC) o‘rtasida mazkur dasturining to‘rtinchi bosqichida o‘zaro hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga yangi avlod xromatomas apparati keltirildi

