Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, t.f.d., professor Sh.I. Ro‘ziyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Namangan viloyatida o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligining topshirig‘iga muvofiq, hududlarda aholi salomatligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, ayrim kasallanish holatlarining o‘sish sabablari bo‘yicha chuqur tahlillar olib borish, profilaktik choralarni kuchaytirish, sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish, aholida kasallanish xavfini kamaytirish hamda kasalliklarni erta aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, t.f.d., professor Sh.I. Ro‘ziyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Namangan viloyatida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Avalgi O‘rganishlar doirasida ishchi guruh Pop tumani sud-tibbiy ekspertiza bo‘linmasiga tashrifi davomida ushbu bo’linma binosini qayta ta’mirlash va uning moddiy texnik bazasini yaxshilash lozimligi belgilangan edi. Tamirlash ishlari markazning Namangan viloyat filiali, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi, Pop tuman tibbiyot birlashmasi hamda Homiylar ko’magida umumiy qiymati 350 mln so’mlik qurilish va tamirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek 30 mln so’mlik jihozlar ham taqdim etildi. Tuman bo’linmasi tog’li hududga yaqinligi inobatga olinib murdalarni tashish uchun 450 million so‘mlik qiymatdagi 1 dona avtomobil ham filialga ajratilgani qayd etildi. Ta’mirdan chiqarilgan bino va uning faoliyati bilan tanishish jarayonida yaratilgan sharoitlar xodimlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan