Prezident Murojaatnomasi — soha rivoji uchun muhim dasturi

Prezident Murojaatnomasi — soha rivoji uchun muhim dasturi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlisga taqdim etilgan navbatdagi Murojaatnoma mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda sohalarni chuqur raqamlashtirish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab berdi.
Mazkur Murojaatnomada sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, ilm-fan va amaliyotni uyg‘unlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa, o‘z navbatida, sud-tibbiy ekspertiza tizimioldiga ham yangi va mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi.
Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Andijon filialida:
sud-tibbiy ekspertiza jarayonlarini raqamlashtirish;
zamonaviy laboratoriya va diagnostika texnologiyalarini joriy etish;
ekspertlarning kasbiy malakasini oshirish;
tekshiruvlarning xolisligi, tezkorligi va shaffofligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Murojaatnomada ilgari surilgan inson qadrini ulug‘lash, qonun ustuvorligini ta’minlash va adolatli jamiyat barpo etish g‘oyalari sud-tibbiy ekspertiza faoliyatining mazmun-mohiyati bilan to‘liq uyg‘un bo‘lib, har bir ekspert oldiga yanada yuksak mas’uliyat yuklaydi.
Andijon filiali jamoasi Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni so‘zsiz ijro etish, sud-tibbiy ekspertiza xizmatlari sifatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida bor bilim va tajribasini safarbar etadi.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Andijon filiali boshlig‘i Yuldashev Axmadillo Abdugʻaniyevich nomidan munosabat.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan