Joriy yilning 29 dekabr kuni Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29 dekabr kuni Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Markaz rahbariyat olib bordi. Unda Markaz tarkibiy bo‘linmalari, hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida Prezidentimiz Murojaatnomasida sud-tibbiy ekspertiza tizimini isloh qilish, sohani bosqichma-bosqich raqamlashtirish, zamonaviy ilmiy-amaliy yondashuvlarni joriy etish, jumladan virtual autopsiya, elektron hujjat aylanishi va yagona axborot tizimini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha belgilangan vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, sud-tibbiy ekspertiza xizmatlari sifatini oshirish, ekspert xulosalarining ishonchliligi va xolisligini ta’minlash, laboratoriyalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda xalqaro standartlarga mos ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔘Yig‘ilishda kadrlar salohiyatini oshirish, yosh mutaxassislarni tayyorlash, xodimlarning malakasini muntazam oshirib borish, ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.Prezidentimiz tomonidan murojaatnomada belgilangan muhim vazifalardan biri bo’lgan korupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha ustuvor vazifalar markaz va uning hududiy filialarida ham joriy etish xam muxokama qilindi.
🔘Muhokama yakunida Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilandi, mas’ul ijrochilarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi doimiy nazoratga olinishi qayd etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan