Joriy yilining 15 yanvar kuni
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokistondagi Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODS) mutaxassisi Mirzohid Sultanov va AQSh ning Toshkentdagi elchixonasi Narkotik moddalarni nazorat qilish va huquqni qo’llash idorasining (INL) milliy xodimi Azizbek Yusupovlar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, ya’ni sud kimyosi soxasidagi katta yutuqlardan bo‘lgan laboratoriyaga giyohvand, psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni aniqlashga mo‘ljallangan mass selektiv detektorli gaz xromatografning xarid qilinishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. 2026 yil rejalari doirasida
➡️O’zbekiston Respublikasi sud-ekspertiza muassasalarining salohiyatini mustahkamlash » proektining keyingi bosqichlarida Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi hamkorligining istiqbollari, Markaz hududiy filiallari moddiy texnik bazasini mustaxkamlash, xususan, chegara oldi hududlardan Surxondaryo filiali, ➡️Markaziy Osiyo davlatlari kimyo toksikologlarining Mintaqalararo seminarlarini tashkil etish va boshqa doolzarb masalalar yuzasidan kelishib olindi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokistondagi Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODS) mutaxassisi Mirzohid Sultanov va AQSh ning Toshkentdagi elchixonasi Narkotik moddalarni nazorat qilish va huquqni qo’llash idorasining (INL) milliy xodimi Azizbek Yusupovlar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga tashrif buyurishdi