“Sud-kimyo ekspertizasining tanlangan masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarning ikkinchi kuni

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy viloyati filialida “Sud-kimyo ekspertizasining tanlangan masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarning ikkinchi kuni davom etmoqda.
Seminar dasturiga muvofiq quyidagi mutaxassislar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etmoqdalar:
🔹 “Obnarujeniye metronidazola v biologicheskix obyektax pri anafilakticheskom shoke” RSTEIAM Sirdaryo filiali sud-kimyo bo‘limi sud-tibbiy eksperti Alieva Azize Edemovna
🔹 “Alprazolamning YuQX tahlili” RSTEIAM Toshkent viloyati filiali sud-kimyo bo‘limi sud-tibbiy eksperti Abdunazarov Mamaraxim Xurramovich
🔹 “Natriy oksibutiratni spektrofotometrik usulda derivatizatsiya orqali aniqlash” RSTEIAM Qashqadaryo filiali sud-kimyo bo‘limi sud-tibbiy eksperti Bazarova Xurshida Abduraxmonovna
🔹 “Sovremennye sinteticheskie psixotropnye veshchestva, toksikologicheskoe znachenie i metody obnarujeniya” RSTEIAM Surxondaryo filiali sud-kimyo bo‘limi sud-tibbiy eksperti Maxmutxonova Umida Baxodirovna
🔹 “Ekspertiza sifatiga ta’sir qiluvchi omillar (96% etil spirti misolida)” RSTEIAM Xorazm filiali sud-kimyo bo‘limi sud-tibbiy eksperti Norboev Azizbek Karimbek o‘g‘li
🔹 “Sud bioximiya laboratoriyasining tashkil etilishi, afzalliklari, amaliy ahamiyati va kutilayotgan natijalar” RSTEIAM Farg‘ona filiali Qo‘qon bo‘linmasi sud-kimyo bo‘limi sud-tibbiy eksperti Komilzoda Xudoberdi Rustam o‘g‘li
✈️Seminar davomida taqdim etilgan ma’ruzalar ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan tinglanmoqda. Tadbir savol-javoblar, fikr almashish hamda bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tmoqda. Mutaxassislar sud-kimyo ekspertizasi sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy tahlil usullarini amaliyotga joriy etish masalalarini muhokama qilmoqdalar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan