✍️Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining bir guruh xodimlari sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Sud-tibbiy ekspertiza markaziga xizmat safarini amalga oshirmoqda.
✈️Mazkur tashrif doirasida markaz asoschisi, marhum ustoz, professor Iskandarov Alisher Iskandarovichning yorqin xotirasi chuqur ehtirom bilan yod etildi. Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ustozning sud-tibbiy ekspertiza sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi yuksak baholanib, u maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🔘Ushbu yuksak mukofot Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Sh.I. Ro‘ziyevga topshirildi. Mazkur e’tirof marhum ustozning oila a’zolariga yetkazilishi belgilandi.
🔘Bu kabi e’tirof va ehtirom ustozning boy ilmiy merosi, fidokorona mehnati hamda soha rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasining yana bir bor xalqaro miqyosda tan olinganining yorqin ifodasidir.
