Joriy yilning 28 aprel kuni Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy Markaziga Rossiya Federatsiyasi Kimyo-toksikologik va sud-kimyoviy tahlil mutaxassislari uyushmasi raisi o‘rinbosari Savchuk Sergey Aleksandrovich tashrif buyurdi. Tashrif jarayonida mutaxassislar sud-kimyo bo‘limi faoliyati, tekshirish usullari va kelajakdagi rejalari bo‘yicha fikr alamashishdi. Tashrif yakunida tashkilotlar o‘rtasida ilmiy, amaliy, uslubiy faoliyat bo‘yicha Memorandum imzolandi, kelajakda sud-kimyo va kimyo-toksikologiya yo‘nalashini rivojlantirish, salohiyatli kadrlar yetishtirishda hamkorlikka kelishildi.

hamkorlik!