Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida «Sud tibbiyotida yangi kun» nomli ilmiy bazalarda indeksatsiyalangan yangi ilmiy jurnal tashkil etildi.
📖Markazda tashkil qilingan «Sud tibbiyotida yangi kun» jurnali tibbiyot yo’nalishiga moʻljallangan ixtisoslashgan nashr boʻlib, tibbiyot sohasidagi ilmiy-amaliy innovatsion yangiliklarni har tomonlama yoritishni, jurnalxonlarning tibbiy-ilmiy innvatsion axborotga ega boʻlgan talab-ehtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirishni, jurnal imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanishni oʻz oldiga asosiy maqsad qilib qo’yilgan.