Joriy yilning 12-iyul kuni Respublika Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Farg‘ona filiali Marg‘ilon shahar sud-tibbiy ekspertiza bo‘limi eksperti A.A. Darveshov Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan tashkil etilgan “Qotillik holatlarida voqea joyini ko‘zdan kechirish” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarida ishtirok etdi

Joriy yilning 12-iyul kuni Respublika Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Farg‘ona filiali Marg‘ilon shahar sud-tibbiy ekspertiza bo‘limi eksperti A.A. Darveshov Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan tashkil etilgan “Qotillik holatlarida voqea joyini ko‘zdan kechirish” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarida ishtirok etdi.

🔹Mazkur seminar jinoyat ishlari bo‘yicha tergov-surishtiruv jarayonida voqea joyini ko‘zdan kechirishda tergovchining, prokurorning, sud-tibbiy eksperti va boshqa mutaxassislarning o‘zaro hamkorligi va harakatlarining muhim jihatlariga bag‘ishlandi. Tadbir davomida voqea joyini ko‘zdan kechirishda sud-tibbiy ekspertizaning o‘rni, ekspertning vazifalari, birlamchi ko‘zdan kechirish chog‘ida dalillarni to‘g‘ri hujjatlashtirish va ekspert xulosasining sifatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, o‘quv seminarida nazariy ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar jinoyat sodir etilgan joydagi vaziyatni modellashtirish orqali qotillik holatlarida yuzaga keladigan tipik shikastlanishlar va ularning mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha tajriba almashdilar. Ekspert A.A. Darveshov ushbu tadbirda faol ishtirok etib, o‘z amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan fikr almashdi.

🔹Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga voqea joyini tekshirishda zamonaviy yondashuvlar va amaliy ko‘nikmalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan