Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida ISO 17025 standartlari asosida boshqaruv tizimini takomillashtirish

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida ISO 17025 standartlari asosida boshqaruv tizimini takomillashtirish va tasdiqlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 14 iyul kuni Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida ISO/IEC 17025:2017 xalqaro standartlari asosida boshqaruv tizimini takomillashtirish, laboratoriya faoliyatini yanada sifatli va samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda markaz rahbariyati, tegishli bo‘lim boshliqlari, sifat menejmenti tizimi mas’ullari hamda mutaxassislar ishtirok etdilar. Unda ISO 17025 standarti talablari, mavjud holatni baholash, aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida laboratoriya faoliyatida aniqlik, mustahkamlik va ishonchlilikni oshirish, akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, jarayonlar va ichki auditlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida ishtirokchilarga aniq vazifalar yuklatildi va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejalashtirildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan