Tojikiston respublikasi sud-tibbiy ekspertlari respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga mustaqil izlanuvchanlikga qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 304-sonli qaroriga muvofiq, ikki tomonlama ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish va sud-tibbiy ekspertiza sohasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida Tojikiston Respublikasi sud-tibbiy ekspertlari mutaxassislari Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga mustaqil izlanuvchi sifatida qabul qilindi.
Mazkur tashabbus ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, bu orqali sud-tibbiy ekspertiza yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda malaka oshirish imkoniyatlari yaratildi.
Uchrashuv davomida tomonlar sud-tibbiy ekspertiza metodikasini takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda o‘zaro tajriba almashinuvi masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, kelgusida qo‘shma seminarlar, treninglar va ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Mazkur tashrif va hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash bilan birga, sud-tibbiy ekspertiza sohasida yuksak professional standartlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan