Sog‘liqni saqlash vazirligining Raqamlashtirish boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan hozirgi kunda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida DMED (Davlat Tibbiy Elektron Ma’lumot tizimi) ni o‘rnatish va joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligining Raqamlashtirish boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan hozirgi kunda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida DMED (Davlat Tibbiy Elektron Ma’lumot tizimi) ni o‘rnatish va joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mazkur jarayon doirasida tizimning texnik jihatlari, funksional imkoniyatlari hamda tibbiyot sohasida uni qo‘llash tartibi yuzasidan markaz xodimlariga tushuntirish va o‘quv ishlari tashkil etilgan.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan joylarda mavjud bo‘lgan infratuzilma holati o‘rganilib, tizimni samarali ishlatish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.
DMED tizimi joriy etilishi natijasida sud-tibbiy ekspertiza jarayonlarining raqamlashtirilishi, ma’lumotlar almashinuvi, axborot xavfsizligi va ish yuritish samaradorligi oshishi kutilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan