Respublika Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro‘ziyev rahbarligida markaz boshqaruvi va viloyat filiallari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda korrupsiya, byurokratiya va xizmat vakolatlaridan suiiste’mol qilish holatlariga qarshi kurashish masalalari atroflicha muhokama qilindi

Respublika Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro‘ziyev rahbarligida markaz boshqaruvi va viloyat filiallari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda korrupsiya, byurokratiya va xizmat vakolatlaridan suiiste’mol qilish holatlariga qarshi kurashish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

✅Yig‘ilish davomida bu kabi salbiy holatlarning oldini olish, xizmat intizomini mustahkamlash, shaffoflikni ta’minlash va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan tushintirildi.

✅Shuningdek, rahbarlar tomonidan xodimlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, halollik va mas’uliyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Mazkur yo‘nalishda amaliy rejalar belgilab olindi va ularni hududiy filiallarda izchil joriy etish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan