Joriy yilning 16 iyul kuni Respublika Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori professor Sh.I. Ro‘ziyev Thermo Fisher Scientific kompaniyasining Gruziyadagi mintaqaviy menejeri Akaki Petriashvili hamda Birlashgan Arab Amirliklaridagi (Dubay) menejeri Satendra Kumar bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
🔹Mazkur uchrashuv doirasida O‘zbekiston hududiy sud-tibbiy ekspertiza bo‘limlarining zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanishini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Xususan, biologik, toksikologik, DNK, mikroskopik va boshqa turdagi sud-tibbiy ekspertiza yo‘nalishlari uchun zarur bo‘lgan yuqori aniqlikdagi apparaturalarni yetkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan takliflar bildirildi.
🔹Shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlik doirasida ilmiy-amaliy seminarlar, uslubiy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda zamonaviy texnologiyalarni sud-tibbiy ekspertiza sohasiga tatbiq etish masalalarini ham ko‘rib chiqishdi.
Uchrashuv yakunida Thermo Fisher kompaniyasi vakillari Respublika Sud-tibbiy ekspertiza markazi bilan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar hamda yaqin kunlarda texnik-xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy takliflarni taqdim etishga kelishib olindi.
