📌O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining: 2017 yil 22 maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 304-son qarori,
✅2019 yil 19 iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 606-son qarori,
✅2020 yil 6 noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 696-son qarori,
✅shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 21 sentyabrdagi 02-20/5347-sonli xati va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 sentyabrdagi 08.09/13003-sonli “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga qabul jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi xatlari ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida mustaqil izlanuvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.
✅Attestatsiya jarayonida izlanuvchilarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, sud-tibbiy ekspertiza faoliyati bilan bog‘liq me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha bilimlari atroflicha sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, ularning ilmiy izlanuvchi sifatida faoliyat yuritishga tayyorgarligi baholanib, zarur metodik tavsiyalar berildi.
✅Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — ilmiy darajali va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, sud-tibbiy ekspertiza sohasida malakali kadrlar salohiyatini oshirish va sifatli ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirishdan iboratdir.
