RSTEIAMFF Qo’qon tumanlararo bo’linmasida 02.10.2025 yil kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muhammadjon Valiev va xududiy deputatlar, “Adolat” SDP guruxi a’zolari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashga va davlatimiz raxbari tomonidan sud ekspertizasiga oid imzolangan qonun xujjatlariga bag’ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
⏺Muloqotda mamlakatimiz Prezidenti boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, davlat boshqaruvida ochiqlik, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va korrupsiyaga chek qo’yish masalalari muhokama qilindi.
⏺Tadbirda e‘tibor qaratilgan Prezidentning 2025-yil 8-sentyabrdagi – “Sud-ekspertlik faoliyatini takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish” to’g’risidagi 270-sonli qarori bu illatga qarshi kurashda sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish, ekspertlik xulosalarining xolisligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egaligi bo’yicha muxim hujjat ekanligi tadbir ishtirokchilariga tushuntirib o’tildi.
⏺Bu kabi ochiq muloqotlar sud-tibbiy ekspertiza xodimlarini xizmat faoliyatida va jamotchilikda faolligini oshirishda muhim vosita bulib xizmat qiladi.
