O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–270-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🔹Mazkur yig‘ilishda Adliya vazirligi hodimlari sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish, xususan, E-ekspertiza dasturini joriy etish va undan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tadbir davomida yangi axborot tizimining afzalliklari, uning yordamida ekspertiza jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, hamda hujjat aylanishi tezligini oshirishga doir jihatlar alohida ta’kidlandi.
🔹Yig‘ilishda Markaz mutaxassislari, tegishli soha vakillari hamda axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar ishtirok etdi. Ular tomonidan E-ekspertiza tizimini joriy qilish bo‘yicha amaliy takliflar va tavsiyalar bildirildi.