Tojikiston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertiza markazi rahbariyatining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi

Tojikiston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertiza markazi rahbariyatining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi
Joriy yilning 14 iyun kuni Tojikiston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertiza markazi rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Farg‘ona viloyat filiali Qo‘qon tumanlararo bo‘linmasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar bo‘linma faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, ilg‘or tajriba almashildi va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif doirasida Xudoyorxon bog‘ida tashkil etilgan “Ekspertlar bog‘i”da esdalik uchun ko‘chatlar ekildi. Bu tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan