Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro‘ziyev Bag‘dod tumani prokurori A.Muxtorov bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi
Xizmat safari doirasida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro‘ziyev Bag‘dod tumani prokurori A.Muxtorov bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–270-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. ➡️Xususan, Bag‘dod tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza bo‘linmasining faoliyat ishonchliligini ta’minlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish hamda sud-tergov organlari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada takomillashtirish…