“Sud-kimyo ekspertizasining tanlangan masalalari” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik ilmiy-amaliy seminar muvaffaqiyatli yakunlandi
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy viloyati filialida “Sud-kimyo ekspertizasining tanlangan masalalari” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik ilmiy-amaliy seminar muvaffaqiyatli yakunlandi. Mazkur seminar sud-kimyo ekspertizasi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilim va tajribalarini oshirish, sohada qo‘llanilayotgan zamonaviy tahlil usullari hamda ilg‘or amaliyotlar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi. Seminar davomida sud-kimyo ekspertizasining dolzarb masalalari, ekspertiza jarayonida qo‘llaniladigan…